MAKTABIMIZ TARIXI

Bosh sahifaMAKTABIMIZ TARIXI

Maktab tarixidan

Xiva tunanidagi XTMFMTTEBga qarashli 4– sonli umumta’lim muassasasi ta’limi davlat standartlariga muvofiq  ta’lim tayyorgarligini ta’minlashdan iboratdir.

Муассасанинг тўлиқ номи Хоразм вилояти, Хива туман, 4-умумий урта таълим мактаби манзили “Mevaston” mahallasi, Feruz ko’chasi 36-uy
Мактаб Устави 2007 йилда Хива туман хокимияти томонидан рўйхатдан ўтказилган ва  туман хокими томонидан тасдиқланган.
Ўқиш давомийлиги бўйича мактаб тури Умумий урта таълим, ўқувчиларнинг умумий сони 459
Навбатлилиги- I сменада, Телефон рақами 375-27-08, Банкдаги ҳисоб рақами 23426000804623200000
Maktab direktori – Yusupov Sadulla Baltabayevich, mutaxassisligi jismoniy tarbiya o`qituvchisi.
O’quv tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari – Solayeva Ranobibi, mutaxassisligi fizika fani o`qituvchisi , toifasi oliy.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari –Ibragimov Jasurbek, mutahassisligi iqtisodiy bilim asoslari o’qituvchisi.
Maktab binosi 1938 yilda qurilgan bo’lib 2006 yilda “2004 – 2009 yillarga mo’ljallanilgan maktab ta’limini rivojlantirish” Davlat umummillliy dasturi doirasida kapital rekonstruktsiya qilindi. Fizika, kimyo – biologiya  xonalari yangi jihozlar va zamonaviy o’quv lobaratoriya asbob uskunalari bilan ta’minlandi. O’qituvchilar honasi, oshhona, tasviriy san’at, ustahona yangi stol – stullar va o’quv jihozlari bilan jihozlandi.
Maktabimizda  459 nafar o’quvchiga 38 nafar o’qituvchi ta’lim-tarbiya berib kelmoqda. O’qituvchilarning 29 nafari oliy ma’lumotli, 1 nafari oliy toifali o’qituvchi,  11 nafari 1 toifali , 17 nafari 2- tofifali mutaxassis, 9 nafari mutaxassis o’qituvchilar.
Keyingi uch yil mobaynida 2 nafar o’qituvchi matematika fani o’qituvchisi Solayeva Sevinch, xorijiy til fani o’qituvchisi Goipova Nodiralar “Yilning eng yaxshi fan o’qituvchisi” ko’rik-tanlovi viloyat bosqichida qatnashib, faxrli o’rinlarni qo’lga kiritdilar.
Ana shunday ilg’or tajribaga, pedagogik mahoratga  ega bo’lgan Ustoz o’qituvchilarimiz bugungi kunda yosh  pedagoglarga Ustoz-shogird an’analarini davom qildirib o’quvchilarimizga chuqur va mukammal ta’lim-tarbiya berishda  yaqindan yordam berib kelmoqdalar.
Maktabimiz o’quvchilari o’z ustozlari izidan borib  viloyat, Respublika miqyosida o’tkaziladigan turli ko’rik tanlov va xotira turnirlarida faol qatnashib faxrli o’rinlarni egallashga muvoffaq  bo’lmoqdalar .
Maktabimiz tumanda  o’tkazilgan fan olimpiadalari va bilimlar bellashuvi reytingiga  ko’ra maktablar o’rtasida 21-o’rinni egallab kelmoqda.
Maktabda o’quvchilar faoliyatini nazorat qilish keng qamrovli  darajada yo’lga qo’yilgan bo’lib , har bir o’quvchiga alohida nazorat daftarlari tashkil qilingan  o’quvchilarning ota-onalari bilan ham yozma va bevosita aloqalar o’rnatilgan bo’lib, o’quv yilining har bir choragida  ota – onalar yig’ilishlari o’tkaziladi. O’quvchilar o’rtasidagi yutuq va kamchiliklar barcha o’quvchilar ishtirokida ertalabki yig’ilishda muhokama qilinadi.
Maktab o’quvchi  va o’qituvchilari ko’plab turli mavzulardagi ko’rik tanlovlarda tuman va viloyat bosqichlarida ishtirok qilib sovrinli o’rinlarni egallaganlar. Jumladan , 2 sentyabrь “Bilimlar kuni” munosabati bilan maktab yangi o’quv yiliga tayyorgarligi haqida, 1 oktyabrь “Ustoz va Murabbiylar” kuni munosabati bilan maktabning boshlang’ich sinf o’qituvchilari Matnazarova Ullibibi va Raximova Gullolalar ish faoliyati haqida ko’rsatuv tayyorlandi va Xorazm televideniyasida namoyish qilindi. Navro’z bayrami munosabati bilan 8TV kanalida maktab faoliyati yoritildi.
Xiva tuman XTB va DSI bilan hamkorlikda o’tkazilgan “Soliqqa tortish” mavzusidagi tadbirda 4A-sinf o’quvchisi Arslonova Go’zal rassomchilik tanlovida 2-o’rinni, 9E-sinf Jumanazarova Gulxonimjon insholar tanlovida 1-o’rinni egalladilar.
Shu dargoxni bitkazib, turli kasblarda ishlab turganlardan: Abdullayev Og`aboy – Samarqand tibbiyot oliygohi professori, Jobborov O`tkirboy – Toshkent politexnika oliygohi dekani vazifalarida ishlab, bir nechta fanga oid kitoblari nashr qilingan.
Maktabimizning mana shunday yutuqlarga erishishda asosiy omillardan biri axil va kuchli bilimga ega  pedagoglar jamoasini tashkil qilinganligi, boshqaruvni to’g’ri yo’lga qo’yilganligidir.



 

 

 

Published in: ||on March 15th, 2013 |No Comments »